Вы сейчас просматриваете Визит режиссера и коллектива в театр

Визит режиссера и коллектива в театр

Teatr – faqatgina ma’naviy hordiq chiqarish maskani emas, teatr ibratxona bo‘lgani uchun ham biz unga talpinamiz.

Har bir spektakl insonni o‘ylashga, mushohada yuritishga undaydigan chuqur mazmunga egaligi bilan yoshlarimiz ma’naviyatiga ijobiy ta’sirini o‘tkazadi.

Namoyish etilgan spektaklda qahramon Norbekning taqdiri misolida oilaning parakonda bo‘lishi, insonning bilib bilmay qilgan xatosi jabrini tortgan qismatlar aks ettirildi.

Sahnalashtirilgan asarda oila vatan ichra kichik vatan, jamiyatning bo‘g‘ini bo‘lishi, oilaning mustahkamligi hamisha dolzarb masala ekanligi yoritildi.

Rejissor F.Boltayev tomonidan sahnalashtirilgan spektaklda aktyorlarning yuksak mahorat bilan ijro etilgan rollari tomoshabinlarni chuqur mushohadaga chorlab o‘zgacha taassurot qoldirdi.