Вы сейчас просматриваете “Toza hudud” — yashil kelajak sari muhim qadam

“Toza hudud” — yashil kelajak sari muhim qadam

ekofaol

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining topshiriq xati asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilayotgan “Toza hudud” ommaviy ko‘kalamzorlashtirish aksiyasi doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining faol talabalaridan iborat “Ko‘ngilli yoshlar” targ‘ibot guruhlari tashkil etildi.

Mazkur guruhlar tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish va aholini ko‘kalamzorlashtirish ishlariga keng jalb etishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

TDTU Termiz filiali yoshlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilayotgan mazkur ekologik tashabbusda faol ishtirok etib, yurtimizni yanada yashil va obod etish, ekologik barqarorlikni ta’minlashga munosib hissa qo‘shmoqda.