Bugun O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan “11 noyabr – Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan “O‘zbekistonda kasaba uyushmalari harakati paydo bo‘lganligining 120 yilligi oldidan kasaba uyushma faollari va tibbiyot xodimlari ishtirokida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda TTA Termiz filiali direktori F.Otamuradov hamda filial kasaba uyushmasi raisi va faollari ishtirok etishdi.
11 noyabr- Kasaba uyushmalari kuni bayrami munosabati bilan bir guruh soha faxriylari va kasaba uyushmalari faollari O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika hamda viloyat kengashi tomonidan taqdirlandilar.