Abdumo'minova Xosiyat

Telefon raqam:

+99893697798

Email:

Abdumo'minovaxosiyat@gmail.com

Axborot–resurs markazi 2018 yilning 1-fevralda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali tashkil topishi munosabati bilan ishga tushirildi.
Axborot-resurs markazi (ARM)ning holati, fanlar bo‘yicha darsliklarning mavjudligi, talabalarga yaratilgan sharoit.
ARM fondi 1354 nomdagi 28810 dona adabiyotlardan iborat (shundan darslik 281 nomda 18949 nusxa, o‘quv qo‘llanma 336 nomda
5415 nusxa, ilmiy adabiyotlar 118 nomda 1168 dona, badiiy adabiyotlar 491 nomda 1264 nusxa va boshqa adabiyotlar 128 nomda 2014 nusxada).
ARMda mutaxassislikka oid o‘quv adabiyotlar 561 nomda 22953 donani tashkil etadi. Talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun 110 o‘rinli o‘quv zali, 20 o‘rinli elektron o‘quv zali mavjud bo‘lib, unda 27 dona kompyuterlar, 3 dona teleset, 2 dona QR kodli kitob panosi o‘rnatilgan. TTJlarda 4 ta ko‘chma kutubxonalar tashkil qilingan.
ARMning elektron kutubxonasi (lib.ttatf.uz) da adabiyotlarning elektron nucxalari joylashtirilgan va kataloglashtirilgan. Talabalar uchun yagona elektron platforma (Unilibrary.uz) ham yo‘lga qo‘yilgan. ARMdagi 1167 nomdagi ilmiy va o‘quv adabiyotlar to‘liq elektronlashtirilgan. AKT asosida tezkor va sifatli axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatish maqsadida AKBT dasturi o‘rnatilgan hamda fondni ro‘yxatga olish, hisobga qo‘yish, tarqatish va himoyalash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. ARMda “Oxirgi kitobxon” rejimida navbatchilik tashkil etilgan.
Bundan tashqari ARMida https://t.me/ttatf telegram kanali orqali foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatiladi. Shuningdek, GEOTAR-MEDIA ma’lumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyati mavjud. Yaponiyaning Kioto universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan
58 nomdagi 58 dona xorijiy darsliklar sovg‘a qilingan.
Jami kitobxonlar 5518 nafar (shundan 5178 nafar talabalar, 255 nafar professor-o‘qituvchilar, 37 nafar magistrlar va 48 nafar ishchi xodimlar). ARMning yillik rejasiga muvofiq tegishli tadbirlar (talabalarni kitobxonlikka jalb qilish maqsadida so‘rovnomalar, kitob yarmarkalari kabilar) tashkil etilgan. Kunlik kitobxon qatnovi o‘rtacha 290 nafarni tashkil etgan.
Talabalar uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlanish darajasi 86 foiz (elektron adabiyotlar bilan ta’minlanish 100 foiz).
Professor-o‘qituvchilar tomonidan 2024 yilda jami 2 nomda 540 nusxa o‘quv adabiyot va monografiyalar (shundan, darslik 2 nomda 30 nusxa, o‘quv qo‘llanma 17 nomda 270 nusxa, monografiya 17 nomda 270 nusxa) yaratilgan va nashr ettirilib ARMga joylashtirilgan

Professorlar
0
Dosentlar
0
O'qituvchilar
0
Talabalar
0

Axborot-resurs markazi boshlig'i

     Horijiy talabalarga tezkor va samarali xizmat ko’rsatish maqsadida axborot-resurs markazida horijiy adabiyotlarga QR kod berildi va talabalar bundan keng foydalanishmoqda