You are currently viewing 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Bugun dunyoni hayratga solgan shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan Toshkent tibbiyot akdemiyasi Termiz filialida adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.

«Bobur kabi seving Vatanni'» mavzusidagi tadbir filial pediatriya fakulteti dekan o‘rinbosarlari, tyutorlari hamda talaba- yoshlari tashabbusi bilan tashkil etildi.

   Tadbirda so‘z olganlar buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning hayot va ijod yo’llari, ilmiy, ijodiy merosining bugungi yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikr yuritishdi.

Tadbirning badiiy qismida talabalar Bobur ijodidan namunalar o‘qishdi.

Talabalar tomonidan ijro etilgan qo‘shiq raqs hamda sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlaga o‘zgacha taassurot qoldirdi.

     Shuningdek, tadbirda Bobur siymosini aks ettiruvchi rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlov so’ngida g‘oliblar faxriy yorliq bilan taqdirlanishdi.