Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga qabul 2024 yilning 10-may kuniga qadar uzaytirilganligi sababli hozirda Harbiy tibbiyot akademiyasiga arizalar Termiz shahar mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan qabul qilinmoqda.
Shu vaqtga qadar o‘qish istagini bildirgan nomzodlar joriy yilning 6-9 – may kunlari jismoniy tayyorgarlik va psixologik test sinovlarini topshirishadi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Harbiy tibbiyot akademiyasi kadrlar bo’limi boshlig’i podpolkovnik I.Qoryog’diyevga murojaat qilishingiz mumkin.
Tel: +998-93-536-53-36