
Sagirayev Nodir Jumaqulovich
Dekan
Email:
nodirsagirayev@gmail.ru
Telefon raqam:
+998-90-316-22-23

Erdanayev
Ro‘ziboy
Xolmuxamedovich
O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Email:
erdanayevruziboy@gmail.ru
Telefon raqam:
+998902959992

Xaitov
Farxod
Nasriddin o'g'li
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Email:
xayitovfarhod661@gmail.com
Telefon raqam:
+998937907073
Dekanatning funksiyalari:
O‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish;
Oliy ta’lim muassasa Kengashi, O‘quv-uslubiy Kengashi hamda fakultet Kengashi, O‘quv-uslubiy qarorlarining fakultet doirasida bajarilishini nazorat etish va ta’minlash;
O‘quv-tarbiyaviy jarayon, talabalarning malakaviy ishi va amaliyoti ustidan nazoratni amalga oshirish;
Dars jadvalini tuzishga rahbarlik qilish va uning bajarilishi ustidan nazorat olib borish;
Talabalar davomatini muntazam nazorat qilish;
Talabalarning fanlardan mustaqil ishlashi, shuningdek, ularning bilimini reyting asosida baholash ustidan nazoratni tashkil etish;
Talabalarni Davlat attestatsiyasiga va bituruv malakaviy ishlarini hamda magistrlik dissertasiyalarini himoya qilishga ruxsat berish;
Iqtidorli talabalarni aniqlash va ular bilan ishlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy nomli Davlat stipendiyalari tanlovida talabalar ishtirokini ta’minlash;
Fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiadalarda talabalar ishtirokini ta’minlash;
Katta ilmiy xodim-izlanuvchilarni tayyorlash, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Fakultet tarkibidagi kafedralarning fanlari bo‘yicha, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hamkorlikda, darslik o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlashga umumiy rahbarlikni amalga oshirish;
Ta’lim xizmatlarini tashkil etish va amalga oshirish, budjetdan tashqari mablag‘larni topish va ulardan o‘quv maqsadlarida foydalanish;
Fakultetda va talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni o‘tkazish;
Fakultetni bituruvchi talabalarning monitoringini olib borish, ular bilan aloqa o‘rnatish;
Dekanatning asosiy vazifalari:
Fakultetda o‘quv jarayoninitashkil etish va ta’minlash ;
Ta’limning barcha masalalari bo‘yicha talabalarga axborot xizmati ko‘rsatish tushuntirish ishlarini olib borish;
Fakultet bo‘yicha buyruq loyihalarini tayyorlash va farmoyishlar chiqarish;
Yuqori tashkilotlarning ko‘rsatmalariga asosan fakultet bo‘yicha tegishli hujjatlar va ma’lumotlarni tayyorlash;
Talabalar faoliyatiga oid ma’lumotlarni yuritish, to‘plash, saqlash va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;
Talabalar kontingenti monitoringini olib borish;
Talabalik guvohnomalarini rasmiylashtirish va talabalarga yetkazish;
Reyting daftarchalarini rasmiylashtirish, talabalar o‘zlashtirish natijalarini qayd etib borilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va ularni saqlash;
Reyting qaydnomalarini rasmiylashtirish ularning o‘rnatilgan tartibda to‘ldirilishini nazorat qilish va saqlash;
Semestr natijalarini umumlashtirish, hisobotlarni tayyorlash va o‘rnatilgan tartibda Oliy ta’lim muassasa o‘quv-uslubiy bo‘limiga taqdim etish;
Semestr natijalari va stipendiya komissiyasi qaroriga asosan talabalariga stipendiyalar belgilash va ularni kursdan kursga o‘tkazish xususidagi buyruq loyihalarini tayyorlash;
Bituruvchi talabalarning talabalik guvohnomasi, reyting daftarchasi, o‘quv va shaxsiy varaqalarini OTM talabalar bo‘limiga o‘rnatilgan tartibda topshirish;
Bituruvchi talabalarga tegishli buyruqlar ijrosini ta’minlash.