O‘qish muddati 2-yil bo‘lib, o‘qish uchun mablag‘lar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg‘armasi fondi” hisobidan to‘lov shartnoma summasi to‘lab beriladi.
Talab: rus tilini mukammal bilish (erkin suhbatlashish va yozish).
Qabul tanlovi 2 bosqichda o‘tkaziladi:
- Bakalavriat fanlari bo‘yicha rus tilidan suhbat (Suhbat 22-iyul kuni o’tkaziladi!!!)
- Markazlashtirilgan onlayn test sinovi
Ushbu qo‘shma ta’lim dasturlarida ta’lim olishni istaganlar 22-iyul kuni soat 9-00 da Toshkent tibbiyot akademiyasi termiz filiali ma’muriyatiga murojaat qilishlari so‘raladi.
Topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati:
- Xalqaro pasport nusxasi, rus tiliga tarjimaga qilingan va notariusda tasdiqlangan.
- Ta’lim to‘g‘risidagi diplomlar va ilovalari rus tiliga tarjima qilingan va notariusda tasdiqlangan.
- Ta’lim to‘g‘risidagi hujjat 1991-yildan 2019-yil 31-maygacha olingan xolda bosh ekspert markazda (https://nic.gov.ru/) da guvohnoma olinishi kerak.
- Tibbiy ma’lumotnoma rus tiliga tarjima qilingan va notariusda tasdiqlangan.
- OITS tahlillari natijalari rus tiliga tarjima qilingan va notariusda tasdiqlangan.
- Ko‘krak qafasi flyuorografiyasi yoki obzor rentgenografiyasi natijalari rus tiliga tarjima qilingan va notariusda tasdiqlangan.
Abituriyentlarga 2 ta mutaxassislikka hujjat topshirish huquqi beriladi.
Murojaat uchun raqamlar:
+99890-505-14-50 Hamrayev Akbar Xayrulloyevich
+99891-966-64-64 Mustanov Javohir Abdusamatovich