Bugun Termiz shahrida, Alisher Navoiy haykali poyida O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Dastur gulchambar qo‘yish marosimi bilan boshlandi.
Unda davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari, tilshunos olimlar, yozuvchilar bilan bir qatorda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori boshchiligidagi filial jamoasi ham faol ishtirok etdi.