Bu kun butun dunyo shifokorlarining kasbiy mahorati, fidoyiligi va inson hayotini saqlashga bo‘lgan sadoqatini e’tirof etadi.
Shifokorlar — jamiyat sog‘lig‘i va farovonligining mustahkam poydevori, ularning mehnati har birimiz uchun bebaho.
Ushbu muborak kunda barcha shifokorlarni chin dildan tabriklaymiz, ularga mustahkam sog‘lik, baxt va faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.