
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 19 mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma’naviy barkamol bo‘lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli bo‘ladi.
Ma’lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbushni ilgari surgan edi
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.
Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.
Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta ustuvor tashabbusi bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot.
Talabalarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish masalalari bo‘yicha:
- Filialning “MED STARS” quvnoqlar va zukkolar jamoasi muntazam ravishda tanlovlarda ishtirok etib respublika miqyosida 2 o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
- “Tafakkur sinovlari” ko‘rik tanlovida “Zukko shifokor” jamoasi 3-o‘ringa sazovor bo‘l
- Har oyda bir marotaba Termiz shahridagi viloyat musiqali drama teatriga tashriflar amalga oshiriladi.
- Har oyda Viloyatda joylashgan tarixiy qadamjolarga sayohatlar tashkil etilgan.
- Filialda tashkil etiladigan barcha tadbirlar va bayramlarda talabalar o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari bilan doimiy ishtirok etadilar.
Talabalarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish masalalari bo‘yicha:
- Filialda voleybol, futbol, stol tennisi, shaxmat-shashka to‘garagi faoliyat yuritadi. Sport musobaqalari doimiy ravishda o‘tkazilib kelinmoqda. Xususan 2021 yil noyabr oyida filialdagi 50 ta guruh o‘rtasida futbol bo‘yicha filial chempionat tashkil etildi.
- 2020 yil yanvar oyida “Universiada 2020” spot musobaqalarining viloyat saralash bosqichidasportning shaxmat turi bo‘yicha Xaqnazarov Parviz fahrli 3-o‘rinni egalladi, badminton sport turi bo‘yicha Shokirov Bobur Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan “Universiada” musobaqalarida viloyat terma jamoasi tarkibida munosib ishtirok etib keldi.
- “Besh tashabbu-besh imkon” shiori ostida mini futbol, voleybol, shashka, shaxmat” sport turlari bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi. va filialning kuchli terma jamoalari shakllantirildi.
Talabalar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish masalalari bo‘yicha:
- Axborot-resurs markazi yangi elektron tizimida 1200 dan ortiq kitobxonni a’zo qildi. Bundan tashqari umumiy fonddagi barcha adabiyotlar elektron shaklga keltirib ARMAT dasturiga joylashtirmoqda.
- Markazda axborot texnologiya zali mavjud bo‘lib, ulardagi 35 ta kompyuterlar lokal tarmoq va internet tizimiga ulangan. Bundan tashqari filial hududida 5 ta WiFi zonalari tashkil qilingan.
- Filialida xozirgi kunda 137 ta kompyuter mavjud. Hozirgi kunda filialda internet tarmog‘ining tezligi 100 mb tezlik mavjud. Filialda hozirda 4 ta kompyuter sinflari faoliyat ko‘rsatgan.
- “Besh tashabbu-besh imkon” shiori ostida “Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ilm olishga qiziqishini oshirishga qaratilgan eng foydali ijtimoiy dastur” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
Talaba-yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha:
- 2019 yilda filial mablag‘lari hisobidan 100 mln so‘mga yaqin mablag‘ ajratilib 85 nomdagi 1700 dan ortiq yangi darslik, o‘quv qo‘llanma va badiiy adabiyotlar harid qilindi.
- Aprel oyida kitobxonlik bo‘yicha “Yosh kitobxon” ko‘rik tanlovining filial bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovda 203 guruh talabasi Qo‘ziboev Otabek 1-o‘rin, 110 guruh talabasi Safarova Zarnigor 2-o‘rin va 104 guruh talabasi Ulug‘berdieva Kumush 3-o‘rinni egallab tanlovning Termiz shahar bosqichiga chiqqan. Shahar bosqichida ham sovrindor bo‘lib, viloyat bosqichida munosib ishtirok etdi.
- Noyabr oyida yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish maqsadida filialda “Talabalar festivali” tashkil etildi. Festival doirasida eng ko‘p kitob o‘qigan faol talabalar o‘rtasida “Faol kitobxon” tanlovi tashkil etilib, ishtirokchilarga badiiy kitoblar jamlanmasidan iborat kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi.
- “Besh tashabbu-besh imkon” shiori ostida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha:
- TTA Termiz filialida “Zulfiyaxonim izdoshlari” va “Ayolga ehtirom” mavzularida bo‘lib o‘tgan ijodiy kecha o‘tkazildi.
- Filial talaba-qizlari viloyat yoshlar markazida “Qizlar ovozi” forumida ishtirok etdi.
- Xotin-qizlarni ish bilan bandligini ta’minlash sohasida turli tadbirlar, davra suhbatlari o‘tkazildi.
- Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida sport musobaqalarida filial xodimlari va talabalari ishtirok etmoqda.
“Besh tashabbu-besh imkon” shiori ostida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusi bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabalar turar joylarida amalga oshirilgan ishlar “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus”ni amalda tatbiq etish uchun TTA Termiz filialida yaratilgan sharoitlar
- Axborot resurs markazining 130 o‘rinli yangi binosi foydalanishga topshirildi.
- ARM binosida axborot texnologiyalari mavjud bo‘lib, ulardagi 35 ta kompyuter internet tarmog‘iga ulangan.
- Filial hududida joylashgan TTJ №1 va TTJ №2 binosida 5 ta muhim tashabbus xonalari tashkil etildi hamda banner, plakatlar, anjomlar bilan jihozlandi.
- Filial sport zalida trenajyor xonasi tashkil etildi.