Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-iyuldagi №64-son bayoni ijrosi yuzasidan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida yosh xodimlarni tanlash, tayyorlash va tarbiyalash tizimini kuchaytirish choralarini ko‘rihs, ular uchun huquqiy madaniyat, davlat xizmatidagi mas’uliyatlarini tuhsuntirihs bo‘yihca filialning Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Kurbanov ishtirokida seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida xodimlarga pog‘onaviy o‘sish, ustoz-shogird masalalari, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar bilan bir qatorda ularning majburiyatlari hamda davlat xizmatidagi mas’uliyatlari yuzasidan tegishli qonun va qonunosti me’yoriy xujjatlarda belgilangan tartib-tamoillar tushuntirib o‘tildi.