Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida 8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir avvalida filial direktori F. Otamuradov barcha ayol professor-o‘qituvchilar, xodimalar hamda talaba qizlarni ushbu go‘zal bayram bilan samimiy muborakbod etdi. U o‘z tabrigida ayollarning jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rni, ilm-fan va ta’lim rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissasini alohida e’tirof etdi.
Shundan so‘ng yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashuvchi, milliy kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlardan iborat konsert dasturi namoyish etildi.
Bayram tadbiri barchaga quvonch va unutilmas taassurotlar ulashdi.