Sana munosobati bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida viloyat Korrupsiyaga qarshi kurashish Surxondaryo viloyati Kengashi raisining o‘rinbosari A.Ahmedov, Termiz shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti D.Shukurov, viloyat IIB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish xodimlari M.Shomurodov va J.Nafasov hamda filial talaba-yoshlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Yoshlarning korrupsion holatlarga qarshi huquqiy ong va bilimlarini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, ularni turli korrupsion holatlarga aralashib qolishlarining oldini olish, har tomonlama yetuk, yuksak ma’naviyatli, intellektual salohiyatli, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli komil inson qilib tarbiyalash borasida ma’ruzalar o‘qildi.
Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishib, foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.