You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori F.A.Otamuradov boshchiligidagi delegatsiyaning Turkiya safari bo‘yicha hisoboti

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori F.A.Otamuradov boshchiligidagi delegatsiyaning Turkiya safari bo‘yicha hisoboti

   2023-yilning 10-yanvaridan 18-yanvarigacha bo’lgan muddatda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori Otamuradov Furqat Abdukarimovich boshchiligidagi delegatsiya hamkorlik ishlarini rivojlantirish maqsadida Turkiya Respublikasida bo’lib qaytdi. 

    Delegatsiyamiz a’zolari ilk tashrifni Turkiya Respublikasining Izmir shahrida joylashgan 2021-2022 o’quv yillarida dunyoning eng nufuzli (Top 1000) oliy ta’lim muassasalari qatoridan joy olgan Ege universitetidan boshlashdi. Tashrifdan ko’zlangan maqsad oliy taʻlim muassasalari o’rtasida do’stona aloqalarni yanada kengaytirish edi.  

  Ege universitetida bo’lib o’tgan uchrashuvda delegatsiyamiz a’zolari ushbu universitetining tibbiyot fakulteti dekani Djemil Gurgun va dekan o’rinbosarlari professorlar Ryuchan Sertoz va Sibel Goksellar hamda O’zbekistonlik talabalar bilan samimiy suhbat o’tkazishdi. Bundan tashqari uchrashuv davomida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga kelib ishlash istagini bildirgan Ege universitetining professor – o’qituvchilari bilan hamkorlik aloqalarni o’rnatish borasida ham fikrlar almashildi.

   TTATF direktori boshchiligidagi delegatsiya Ege universitetining bir qancha kafedralariga hamda laboratoriya va universitet klinikasiga ham tashrif buyurishdi.

   TTATF delegatsiya a’zolarining Ege universitetidagi anatomiya va patologik anatomiya bo‘limiga tashrifi yanada qiziqarli bo‘ldi. Anatomiya bo‘limida morg xonasi mavjud bo‘lib, talabalarning murdalar bilan ishlashiga ruxsat beriladi. Bu esa nazariya va amaliyotning hamohanglidan dalolat beradi. Patologik anatomiya bo‘limida esa har qanday labaratoriya tekshiruvlari olib boriladi. Jumladan bioximiya analizlari, morfologik tekshiruvlar o‘tkaziladi. Muzokaralar jarayonida patologik anatomiya kafedrasi xodimlari Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professor – o‘qituvchilarining o‘quv mashg‘ulotlarida foydalanish uchun maxsus preparatlar tayyorlab berishiga kelishib olindi.

   Tashrifning keyingi manzili universitet kutubxonasi bo‘ldi. Kutubxona tashkil etilgani hamda undagi qilingan sharoitlar tashrif buyuruvchilarda qiziqish uyg‘otdi. Shuni aytib o‘tish joizki, Turkiya oliy yurti kutubxonalarida talabalar o‘quv jarayonida foydalanish uchun kitob 14 kunga berish mumkin. 

    Filial kutubxonasida esa bir yillik o‘quv jarayonida talabalarga o‘quv mashg‘uloti uchun kitoblar tarqatiladi. 

   Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari toksikologiya instituti jamoasi bilan yaqindan tanishishdi. Uchrashuv davomida patologik anatomiya, morfologiya kabi bir qancha kafedralar bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Kafedra o‘qituvchilari o‘rtasida tajriba almashishga kelishib olindi.

   Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori boshchiligidagi delegatsiyaning navbatdagi manzili Otaturk universitetining tibbiyot fakultetida bo‘ldi. Undagi o‘quv jarayoni filialdagi holat bilan taqqoslanib o’xshash va farqli tomonlari muhokama qilindi. Talabalarimiz o‘qishni tamomlagach ilmiy izlanishlarni birgalikda olib borishga kelishib olindi. Shundan so‘ng tashrif buyuruvchilar patologiya va mikrobiologiya kafedralarida bo‘lishdi. Talabalar bilan suhbat o‘tkazishdi. O‘quv jarayonidagi turli uskunalar, medodik qo‘llanmalar bilan tanishishdi. Ushbu soxada faoliyat yurituvchi Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali xodimlari stajirovkalarini Otaturk universitetida amalga oshirilishlari bo’yicha ham kelishuvlar amalga oshirildi.

   Shuningdek TTATF direktori boshchiligidagi delegatsiya universitet yotoqxonasi bilan ham tanishdi. Bu yerda O‘zbekiston ta’lim tizimi haqida tushunchalar berildi va talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berildi hamda O’zbekistonda o‘qishni davom ettirmoqchi boo‘lgan talabalarga ma’lumotlar va takliflar berildi. Xuddi shuningdek Otaturk universiteti rahbariyati ham filialimiz talabalari o’qishlarini ushbu universitetda davom ettirishlarini taklif qilib qolishdi.

   Tashrif shu bilan o‘z nihoyasiga yetdi.