You are currently viewing GIYOHVANDLIK-UMR  ZAVOLI.

GIYOHVANDLIK-UMR ZAVOLI.

Giyohvandlik insoniyatni tanazzul botqog‘i sari boshlayotgan eng xavfli vositalardan biri hisoblanadi. Shu jihatdan ham giyohvandlik tarqalishining oldini olish dolzarb muammodir.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida “Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop vositalarini tarqatilishiga qarshi  kurash” mavzusida  tezkor-profilaktik tadbirlari o’tkazilmoqda.

Shuningdek filial talabalar turar joyida davra subatlari tashkil etilmoqda.Tadbirlarda giyohvandlik va kashandalikka qarshi kurash hamda yoshlarimizni bunday illatlar girdobiga tushib qolmaslikni targ‘ib qiluvchi videoroliklar namoyish etildi.