Hozirgi kunda giyohvandlik global muammolardan biridir. Respublikamiz bo‘ylab giyohvandlikka qarshi kurashda keng qamrovli tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida “Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish » mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo viloyati filiali xodimi S.Xoliqova, Viloyat IIB jinoyat-qidiruv boshqarmasi xodimi kapitan A.Xasanov, O’zbekiston Musulmonlar idorasi Surxondaryo viloyati vakili o’rinbosari F.Choriyev va Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari A.Raxmonovlar ishtirok etishdi.
Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad, talabalar orasida giyohvanlik va narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning sodir etilishini oldini olish, uning profilaktikasi borasida bilimlarini oshirish ko’zda tutildi.