Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy terapiya markazi direktor o‘rinbosari t.f.d., professor Foziljonov Abduqaxxor Voxidovich TTA Termiz filiali talaba –yoshlari bilan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda professor Davolash va Pediatriya fakultetining talabalariga “Simptomatik gipertenziya” mavzusida ma’ruza o‘qidi.
Ma’ruza yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Shundan so‘ng, professor A.Fozilov kardiologiya markazi bo‘limlarida davolanayotgan bemorlarni ko‘zdan kechirib, konsultatsiya berib o‘tdi.