Berdiyev Abdusamat Xudoyqulovich

Dekan

Telefon raqam:

+998-88-843-05-65

Email:

xudoyqulovabdusamat@gmail.ru

Usanov Shuxrat Musurmonovich

Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari.

Telefon raqam:

+998915860204

Email:

usanovshuxrat@gmail.ru

Sottorov Bobur Boxodirovich

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Telefon raqam:

+998917918999

Email:

sottorovbobur@gmail.ru

                                                                              Dekanatning funksiyalari:

      O‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish;

    Oliy ta’lim muassasa Kengashi, O‘quv-uslubiy Kengashi hamda fakultet Kengashi, O‘quv-uslubiy qarorlarining fakultet doirasida bajarilishini nazorat etish va ta’minlash;

      O‘quv-tarbiyaviy jarayon, talabalarning malakaviy ishi va amaliyoti ustidan  nazoratni amalga oshirish;

  • Dars jadvalini tuzishga rahbarlik qilish va uning bajarilishi ustidan nazorat olib borish;
  • Talabalar davomatini muntazam nazorat qilish;
  • Talabalarning fanlardan mustaqil ishlashi, shuningdek, ularning bilimini reyting asosida baholash ustidan nazoratni tashkil etish;
  • Talabalarni Davlat attestatsiyasiga va bituruv malakaviy ishlarini hamda magistrlik dissertasiyalarini himoya qilishga ruxsat berish;
  • Iqtidorli talabalarni aniqlash va ular bilan ishlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy nomli Davlat stipendiyalari tanlovida talabalar ishtirokini ta’minlash;
  • Fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiadalarda talabalar ishtirokini ta’minlash;
  • Katta ilmiy xodim-izlanuvchilarni tayyorlash, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
  • Fakultet tarkibidagi kafedralarning fanlari bo‘yicha, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hamkorlikda, darslik o‘quv va o‘quv uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlashga umumiy rahbarlikni amalga oshirish;
  • Ta’lim xizmatlarini tashkil etish va amalga oshirish, byudjetdan tashqari mablag‘larni toppish va ulardan o‘quv maqsadlarida foydalanish; 
  • Fakultetda va talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni o‘tkazish;
  • Fakultetni bituruvchi talabalarning monitoringini olib borish, ular bilan aloqa o‘rnatish;

                                                    Dekanatning asosiy vazifalari:

  • Fakultetda o‘quv jarayonini tashkil etish va ta’minlash ;
  • Ta’limning barcha masalalari bo‘yicha talabalarga axborot xizmati ko‘rsatish tushuntirish ishlarini olib borish;
  • Fakultet bo‘yicha buyruq loyihalarini tayyorlash va farmoyishlar chiqarish;
  • Yuqori tashkilotlarning ko‘rsatmalariga asosan fakultet bo‘yicha tegishli hujjatlar va ma’lumotlarni tayyorlash;
  • Talabalar faoliyatiga oid ma’lumotlarni yuritish, to‘plash, saqlash va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;
  • Talabalar kontingenti monitoringini olib borish;
  • Talabalik guvohnomalarini rasmiylashtirish va talabalarga yetkazish;
  • Reyting daftarchalarini rasmiylashtirish, talabalar o‘zlashtirish natijalarini qayd etib borilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va ularni saqlash;
  • Reyting qaydnomalarini rasmiylashtirish ularning o‘rnatilgan tartibda to‘ldirilishini nazorat qilish va saqlash;
  • Semestr natijalarini umumlashtirish, hisobotlarni tayyorlash va o‘rnatilgan tartibda Oliy ta’lim muassasa o‘quv-uslubiy boshqarmasi (bo‘limi)ga taqdim etish;
  • Semestr natijalari va stipendiya komissiyasi qaroriga asosan talabalariga stipendiyalar belgilash va ularni kursdan kursaga o‘tkazish xususidagi buyruq loyihalarini tayyorlash;
  • Bituruvchi talabalarning talabalik guvohnomasi, reyting daftarchasi, o‘quv va shaxsiy varaqalarini OTM talabalar bo‘limiga o‘rnatilgan tartibda topshirish;
  • Bituruvchi talabalarga tegishli buyruqlar ijrosini ta’minlash.