You are currently viewing O‘qituvchi izlanishi, mahoratning oshishi

O‘qituvchi izlanishi, mahoratning oshishi

   Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida oftalmologiya fanidan ochiq dars o‘tkazildi.

   “Refraksiya anomaliyalari” mavzusida o‘tkazilgan ochiq darsda 5-bosqich talabalari hamda professor- o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

   Ochiq dars o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim muassasasi o‘qituvchilarining mutaxassisligi bo‘yicha bilimlarini oshirib borish, soha bo‘yicha yutuqlarini yosh mutaxassislar orasida ommalashtirish va kamchiliklarni bartaraf etish, darslarni zamonaviy interfaol uslublar, slaydlar, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar yordamida tashkil etishdan iborat.

   Ochiq dars erkin, savol-javob va munozaralarga boy tarzda o‘tdi.