You are currently viewing Termizda surxondaryo olima ayollari forumi o’tkazildi

Termizda surxondaryo olima ayollari forumi o’tkazildi

   Surxondaryo viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda Termiz davlat universiteti bilan hamkorlikda 11-fevral–“Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni”ga bag‘ishlab “Jamiyatda ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalarning barqaror rivojlanishida xotin-qizlarning roli” mavzusida viloyat forumi tashkil etildi.

    Tabdirni ochib bergan viloyat hokimi orinbosari, Oila va xoti-qizlar boshqarmasi boshligi Z.Xidirova haftalik davomida viloyatda olima ayollar va ilmiy izlanishlarni olib borayotgan tadqiqotchi xotin-qizlar, davlat mukofoti hamda nomdor stipendiyalar sovrindorlari boʻlgan iqtidorli talaba qizlarni ushbu sana munosibati bilan tabrikladi.

Tadbir yakunida otkazilgan haftalik davomida tadbirlarda faol ishtirok etgan xotin-qizlar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.