Kecha TTA Termiz filiali “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida Buyuk bobokalonimiz Zahriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.
Unda “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi professor-o’qituvchilari va 1-kurs 1-Davolash fakulteti 108-guruh talabalari ishtirok etishdi.
Tadbirda Z.M. Boburning hayoti va ijodi haqida ma’lumot berildi. Bundan tashqari talabalar tomonidan shoh va shoir qalamiga mansub bobokalonimizning g’azal va ruboiylari aytildi.
Ayniqsa, namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga o‘zgacha taassurot uyg‘otdi.