Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tarixi
“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi rasman ushbu nomda 2018 o‘quv yili fevral oyidan Davolash fakulteti tasarrufida filial tuzilmasi tarkibiga kiritilgan.
“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi 1-о‘quv binosi 4-qavatda joylashgan. Kafedrada o‘quv reja bo‘yicha 1 va 2 davolash ishi, pediatriya xalq tabobati, tibbiy profilaktika, stomatologiya, formatsiya ta’lim yo‘nalishlari 1-bosqichda tibbiyotda axborot texnologiyalari, biofizika, O‘zbekistonning yangi tarixi, falsafa, 2-bosqichda esa falsafa, psixologiya va konfliktologiya fanlaridan ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi.
2021-2022 o‘quv yilidan kafedrada Rossiya Federatsiyasining Privoljsk ilmiy tadqiqot tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda ochilgan “davolash ishi” va “pediatriya ishi” qo‘shma ta’lim dasturi talabalariga tibbiyotda axborot texnologiyalari, bioinformatika biofizika, O‘zbekistonning yangi tarixi, falsafa, psixologiya fanlaridan mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
2023-2024 o‘quv yilidan kafedrada Hindiston Respublikasidan kelib tahsil oluvchi xorijiy talabalarga biofizika, tibbiyotda axborot texnologiyalar fanlariidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
Hozirda kafedrada jami 25 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishadi, shundan, 11 nafari asosiy va 8 nafari ichki o‘rindoshlik, 6 nafari tashqi o’rindoshlik asosida. Shuningdek, kafedrada 1 nafar xorijiy (Rossiya) professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishmoqda.
Kafedraning ilmiy salohiyati – 42 %.
Kafedra jamoasi
Hozirda kafedrada faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar ilmiy daraja olish uchun quyidagi ilmiy ishlar bilan shug‘ullanmoqda:
- Usanov Shuxrat Musurmonovich– “O‘zbekiston janubiy hududlarida milliy madaniy markazlar faoliyati: Tarixiy tajriba, bag‘rikenglik masalalari”;
- Xayitova Yulduz Davlatovna– “Tibbiy oliy ta’lim muassasasida biofizika fanini o‘qitish metodikasini innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirish”;
- Choriyev Nuriddin Xushboqovich – “Rossiya imperiyasining Surxon vohasi yerlarini sug‘orish, o‘zlashtirish borasidagi loyihalari va uning natijalari”;
- Xursanov Sherzod Ulaboyevich– “Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida tashqi samara ta’sirining statistic tahlili (Surxondaryo viloyati misolida)”;
- Turdimurodov Baxtiyor Qurbonovich– “Kasb ta’limi o‘qituvchilarining kreativ fikrlash qobilyatlarini shakllantirish”;
- Irgashev Suyundik Ergashovich– “Magnetron changlatish usuli bilan Rb va Cs yupqa silitsid plyonkalarni olish, ularning tuzulishi va xossalarini tadqiqot qilish”
- Ashurova Sarvinoz Fahriddin qizi:- «8-9 sinf o’quvchilariga namoishli kompitensiyalarni rivojlantirishning dasturiy taminotini takomillashtirish»











