You are currently viewing TTATF professor – o‘qituvchilari mahorat  darsida

TTATF professor – o‘qituvchilari mahorat darsida

   Tosh PTI asab kasalliklari va bolalar asab kasalliklari, tibbiy genetika kafedrasi mudiri t.f.d. professor Majidova Yoqutxon Nabiyevna Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali tibbiy psixologiya, nevrologiya va psixiatriya kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi.

   Shundan so‘ng, professor Yoqutxon Majidova filial professor – o‘qituvchilari bilan birgalikda viloyatimizda faoliyat olib borayotgan “Mashhura” klinikasida bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

   Kunning ikkinchi yarmida professor Yoqutxon Majidova o‘z tajribalaridan kelib chiqib, filialning tibbiy psixologiya, nevrologiya va psixiatriya kafedrasi xodimlariga tibbiyotda pedagogik mahorat va klinik o‘quv jarayonlarini tashkil etish borasida mahorat darsini olib bordi.
   Mahorat darsi qizg‘in savol-javoblar asosida yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.