Barchamizga ma’lumki, joriy yilda TTATFning 300 ga yaqin talabalari ilk bitiruvchi sifatida o‘qishini tamomlamoqda.
Yurtimizda yaratilgan imkoniyatlar samarasi o‘laroq bitiruvchi kurs talabalari o‘zlari yashab turgan hududlarda ishga qabul qilinib, xalqimiz salomatligini saqlashda munosib hissalarini qo‘shishmoqda.
Ushbu talabalar ish jarayonlarini, faoliyatini ularga yaratilgan sharoitlarni o‘rganish maqsadida TTATF direktori F. Otamuradov boshchiligida ishchi guruh tuzildi.
Ishchi guruh Angor, Muzrabot, Sherobod hamda Boysun tumanlarida bo‘lib, u yerda faoliyat olib borayotgan filialning bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashishdi, ish jarayonidagi yaratilgan sharoitlarni o‘rganishdi.
Talabalarga bo‘lajak shifokorlar uchun amaliy ko‘nikma muhim ekanligini aytishdi. Shuningdek, bu borada bir qancha maslahatlar berib o‘tishdi.