Kafedra haqida:

2018-yil fevral oyidan 1-Tibbiy biologic kafedrasi tashkil etilib,hozirgi kunda 2022-“Tibbiy biologiya va gistologiya ”kafedrasi nomi bilan faoliyat olib bormoqda. Toshkent  tibbiyot  akademiyasi  Termiz  filiali   2-sonli davolash  fakultetining tarkibiy   bo`linmasi  bo`lib,  unda  tibbiy biologiya va gistologiya fanlari boyicha, o`quv- uslubiy,  ilmiy-uslubiy,  ilmiy  tadqiqot   ishlari    shuningdek  ilmiy  va  ilmiy  pedogogik  kadrlar  tayyorlash,  malakasini  oshirish   va  qayta  tayyorlash   xamda  tashkiliy,   ma’naviy-marifiy   va  tarbiyaviy  ishlar  amalga  oshiriladi. Kafedra   bevosita   fakultet   dekaniga va  Toshkent tibbiyot akademyasi   Termiz  filiali  direktoriga bo`ysinadi. Kafedra  Toshkent tibbiyot akademyasi Termiz filiali Ilmiy  kengashining   qarori  asosida  direktorning  buyrug`i  bilan tashkil  etiladi   va   tugatiladi. Kafedra tarkibi  filial  o`quv  bo`limi   tomonidan  tasdiqlanadigan  ishchi   o`quv  dasturida  belgilangan   fanlar   o`quv  yuklamalari   xisobidan   shtat  meyorlari   asosida  shakllantiriladi.

    Kafedra barcha  o`quv  shakllari   bo`yicha  Toshkent tibbiyot akademyasi Termiz filialining DTS (Davlat  ta`lim  standart)lariga     muvofiq   tuzilgan  o`quv  re`jalarida  belgilangan:

  • Ma`ruzalar;                                                                              

  • amaliy  mashg`ulotlar;

  • Labaratoriyalar   va  boshqa  turdagi  mashg`ulotlarni    yuksak  nazariy,  ilmiy,   uslubiy,   va  kasbiy  darajada  o`tkazish;

  • Talabalarning   malakaviy  amaliyotiga,  kurs  loyixalariga,  bitiruv  malakaviy     ishlariga,  magistrlik   dissertatsiyalariga   rahbarlik   qilish,   talabalar  bilimini  baholashning    reyting  nazoratini    joriy  etish   va   mustaqil   ishlarini    tashkil etish  bo`yicha   tadbirlar  o`tkazish;

  • Kafedra  fanlari   bo`yicha   o`quv  dasturlarini  ishlab  chiqish   va  belgilangan   tartibda   tasdiqqa   taqdim  etish,   shuningdek,  turdosh  kafedralar   tomonidan  tayyorlangan    o`quv  dasturlariga   taqriz  va   xulosalar  tayyorlash;

  • Darslik,  o`quv  qo`llanma,  uslubiy  va  metodik  ko`rsatmalarni  tayyorlash;

  • Iqtidorli   talabalar   bilan   ishlash,   ularni  olimpiada   va  tanlovlarda    ishtirok   etishga   tayyorlash;

  • Kafedra   yo`nalishlari   va   mutaxassisliklari   bo`yicha   DTS, o`quv  re`jalari    va  dasturlarini   rivojlangan   xorijiy  mamlakatlarning     ta`lim  dasturlari  bilan   qiyosiy  tahlilini   muntazam  ravishda    olib  borish    va   takomillashtirish;

  • Belgilangan   tartibda   professor- o`qituvchilarning   malakasini  oshirishni   tashkil   etish   hamda   ularning   Respublika   va   xalqaro   ilmiy   anjumanlarda    ma`ruzalar  bilan  ishtirok    etishni   taminlash;

  • Tasdiqlangan    rejaga   muvofiq   ilmiy   tadqiqot    ishlarini   olib  borish,   tugallangan   ilmiy   tadqiqot   ishlarini    muhokamadan   o`tkazish   va   ularning    natijalarini    ishlab   chiqarishga   joriy  etish ta`lim   fan   va   ishlab  chiqarishning   samarali    integratsiyasini   ta`minlash,  talabalarning    ilmiy-tadqiqot   ishlariga   rahbarlik   qilish;

  • Toshkent tibbiyot  akademyasi Termiz filiali  bitiruvchilari  va  mazkur  kafedrada   stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilikni   o`taganlar   monitoringini    olib  borish   hamda ular  bilan  muntazam  aloqalarni   tashkil   etish vazifalarini bajaradi.

                                             Kafedrada o`qitiladigan fanlar:

  • Tibbiy biologiya  va umumiy genetika (1-kurslarga).

  • Gistologiya, stitologiya, emriologiya (1-2-kurslarga).

                                             Kafedraning o`quv-amaliyot bazalari:

  • TTATfning 1-o`quv binosi 1-qavatida

  • Ko`p tarmoqli kattalar balnitsasi.

  • Ko`p tarmoqli bolalar balnitsasi.

  • Onkologiya

  • Sud ekspertiza