Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Biz bunday iqtidorli yoshlarga o‘z vaqtida har tomonlama e’tibor qaratib, qo‘llab-quvvatlasak, o‘ylaymanki, ular katta-katta zafarlarni qo‘lga kiritadilar”.
TTATF da iqtidorli va iste’dodli talaba – yoshlarni erishgan yutug‘lari bilan taqdirlash bo‘yicha tadbir tashkil etildi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi OTM talabalari o‘rtasida o’tkazilgan “Yil talabasi” tanlovining Filial bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalar nominatsiyalar bo‘yicha diplom bilan
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etgan va g’olib talabalar tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.
Shuningdek “ILMIY TADQIQODCHI -2023” xalqaro ilmiy-amaliy tanlovi g’oliblariga esdalik ko‘krak nishoni topshirildi.
Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Islom Karimov nomli hamda Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi sohiblari guvohnomaga ega bo‘lishdi.