Har bir oliy ta’lim muassasining talabasi uning farzandi kabidir. Ota-ona o‘z bolalari uchun doimo qayg‘urgani singari bugun ta’lim muassasalari ham talabalarning ilm olishi, kelgusi faoliyatini to‘g‘ri belgilashiga mas’ullikni his etadi.
Talabaga ta’lim berish bilan birga, darsdan bo‘sh vaqtida nimalar bilan bandligi, qanday muhitda yashashi, uning fanlardan tashqari qiziqishlari — hammasi oliy o‘quv yurti uchun muhim.
Bu borada tyutorlarning mas’ulligi alohida ahamiyat kasb etadi
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali tyutorlari talabalar bilan kundalik o‘tkazayotgan suhbat jarayonidan lavhalar.