Karimova Madina Komiljon qizi

Telefon raqam:

+998996770099

Email:

madinakarimova98@gmail.com

Iqtidorli talabalarni ilmiy va kasbiy qiziqishlarini e’tiborga olgan holda aniqlash, tanlash maqsadida saralash (og‘zaki imtihon, vaziyatli masalalar, test topshiriqlari), ularni maqsadli tayyorlashni tashkil etish;
Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, talaba va stajyor-tadqiqotchi izlanuvchilar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
Ilmiy faoliyatga qiziqqan, mustaqil fikrga ega, qobiliyatli, iqtidorli talabalarni “Ustoz-shogird” tizimida salohiyatli professor-o‘qituvchilarga biriktirish;
Iqtidorli talablarning faoliyatini talabalar ilmiy jamiyati faoliyati bilan hamkorlikda olib borishni tashkil qilish(TIJ konferensiyasini o‘tkazish);
Iqtidorli talabalar bilan individual, maqsadli ishlash tadbirlarini tashkil etish, ularni fanlar bo‘yicha olimpiadalar, turli jamg‘armalar (jumladan xorijiy) tanlovlarida qatnashishga tayyorlash;
Iste’dodli va iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni maqsadli tayyorlash hamda ilmiy to‘garaklar va klublarga jalb etish, turli ilmiy tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar, Respublika olimpiadalari va forumlarida talabalarning ishtirok etishlarini tashkil etish, dekanat bilan birgalikda ularni rag‘batlantirish uchun tavsiyalar berish;
Iqtidorli talabalarni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan, “Iste’dod” jamg‘armasi va davlat grantlari tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy-tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlarni yaratish;
Iqtidorli talabalar bilan ishlashning samarali mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish;
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi bilan birgalikda Iqtidorli yoshlarga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida teatr-studiyalar, turli xil to‘garaklar tashkil etish, festivallar va ommaviy tadbirlar uyushtirish;
Iqtidorli talabalarning intellektual salohiyatidan, ilmiy-tadqiqot faoliyatidan davriy ravishda xabardor bo‘lib borish;
Har bir kafedradagi iqtidorli talabalarga va to‘garaklarga ma’sul xodimlarning olib borayotgan ishlarini nazorat qilish, kafedrada iqtidorli talabalar uchun yaratilgan muhit va sharoitni o‘rganish;
Iqtidorli talablarga mualliflik diplomlari va guvohnomalarini xujjatlashtirish;
Filialda “Eng yaxshi mustaqil ish”, “Eng yaxshi ijodiy yondashuv”,“Eng yaxshi innovasion g‘oya”, “Innovasion ta’lim”,“Yil talabasi”kabi loyihaviy tanlovlar nominasiyalariga Talabalarni jalb etish orqali talabalarda mustaqil ta’lim olishni rivojlantirish;
Ilmiy-tadqiqotlar, innovasiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash sectori bilan hamkorlikda turli soha vakillarini jalb qilgan holda masterklasslar tashkil etish;
Iqtidorli talabalarning ilmiy maqola va tezislarini Respublika va xorijiy davlatlarning jurnallarida e’lon qildirilishiga ko‘maklashish;
Matbuot kotibi bilan hamkorlikda Iqtidorli talablarning ilmiy izlanishlari hamda erishgan yutuqlari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida chiqishlarini tashkil etish;
Respublika va xorijiy olimlar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha ilmiy seminar, konferensiya va anjumanlar to‘g‘risida e’lon berib borish va ularning ishtirokini ta’minlash;
Respublika miqyosidagi tanlovlarning OTM bosqichini o‘tkazish;
Buxgalteriya bilan hamkorlikda doimiy ilmiy izlanishda bo‘lgan talabalarga motivasiya berish maqsadida moddiy rag‘batlantirish choralarini ko‘rish;
Yoshlarning turli sohalarda erishayotgan yutuqlarini kenga targ‘ib etish va ularning ongida barkamol shaxs idealini shakllantirish orqali zamonamiz qahramonlarini kamol toptirish;
Iqtidorli talabalar bilan doimiy fikr almashish, takliflarini qo‘llab-quvvatlash.

Professorlar
0
Dosentlar
0
O'qituvchilar
0
Talabalar
0

Sektor boshlig'i