You are currently viewing Talabalar ochiq amaliy darsda

Talabalar ochiq amaliy darsda

   Bugun TTATF “Pediatriya” fakultetining “Bolalar kasalliklari, bolalar kasalliklari propedevtikasi va UASH pediatriya kafedrasida 1-davolash fakulteti 4-bosqich talabalariga “O‘tkir revmatik isitma, etiopatogenezi, tasnifi, klinik simptomlari, tashxislash, qiyosiy tashxislash, davolash va profilaktikasi” mavzusida “Ochiq amaliy dars” bo‘lib o‘tdi.

   Darsni kafedra mudiri D.Normamatov olib bordi. Ochiq darsda pediatriya fakulteti dekani, kafedra o‘qituvchilari, nevrologiya va tibbiy genetika fanlari assistentlari ishtirok etdilar.

    Ochiq darsda fan bo‘yicha o‘quv majmualari materiallaridan, pedagogik texnologiyalar, interfaol o‘yinlar, klinik va amaliy ko‘nikmalardan foydalanib mashg‘ulot olib borildi.

   Asosan klinik fanlarda o‘qitishning 50% nazariy 50%amaliy qismiga bo‘lib o‘rgatiladi. Bu esa talabalarning mavzuni chuqqurroq o‘zlashtirishlariga ko‘maklashadi.