You are currently viewing Talabalar o‘rtasida  shaxmat  musobaqasi

Talabalar o‘rtasida shaxmat musobaqasi

    Bugungi kunda yurtimizda sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

   Bu borada olib borilayotgan keng ko‘lamli sa’y-harakatlar mamlakatimiz yoshlarining, xususan, ta’lim muassasalari talabalarining sport sohasida ulkan muvaffaqiyatlarga erishishlarida, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda muhim omil bo‘layotir.

   Toshkent tibbiyot akdemiyasi Termiz filiali talabalari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

    O‘tkazilgan musobaqa ko‘tarinki ruhda, qiziqarli va raqobatga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.