Hamrayev Akbar Xayrulloyevich
Phd, dotsent

Telefon raqam:

+99890-505-14-50

Email:

akbar.khamrayev@mail.ru

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 8 sentyabrdagi PQ-275-son qarorida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi to‘g‘risidagi NIZOM da ko‘rsatilgan bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari

Bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari

Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

(a) idoraviy mansubligi, mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — taʼlim tashkilotlari)da tashqi baholashni amalga oshirish;

(b) filialda taʼlim sifati madaniyatini shakllantirish, ichki sifat nazorati mezonlari va tartiblarini takomillashtirish hamda samarali amalga oshirish yuzasidan uslubiy tavsiyalar berish;

(v) taʼlim sifatini baholashning mezon va usullarini xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda ishlab chiqish hamda takomillashtirish;

(g) filialda taʼlim sifatini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini o‘rganish yuzasidan ilmiy va amaliy tadqiqotlarni olib borish hamda so‘rovnomalar o‘tkazish;

(d) taʼlim sifatini taʼminlash yo‘nalishida xalqaro aloqalarni kengaytirish, taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tashkilotlarga aʼzo bo‘lish hamda milliy akkreditatsiya tizimining xalqaro darajada tan olinishini taʼminlash;

(j) taʼlim sifatini baholash bo‘yicha faoliyatning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash maqsadida jamoatchilik va manfaatdor tomonlar ishtirokida yillik hisobotlarni eʼlon qilib borish;

(z) taʼlim sohasidagi davlat dasturlari va strategiyalarida belgilangan maqsadli ko‘rsatkich va natijalarga erishilishini tahlil qilish hamda tavsiyalar ishlab chiqish;

(I) taʼlim sohasi va ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda istiqbolli tashabbuslarni ilgari surish.

Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

(a) idoraviy mansubligi, mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, malakalarni baholash sohalarida tashqi baholashni amalga oshirish bo‘yicha:

(I) filialning belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar hamda meʼyor va qoidalarga amal qilishini tahlil qiladi;

(II) idoraviy mansubligi, mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar filialni maxsus va kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazadi;

(III) filialda taʼlim-tarbiya va ilmiy-tadqiqot jarayonlari sifatini qiyosiy taqqoslash asosida ularning milliy reytingini yuritadi;

(IV) taʼlim dasturlarining kasbiy standartlarga va belgilangan malakalarga muvofiqligini baholaydi;

(V) filialda tenglik va inklyuzivlikni taʼminlash orqali barcha taʼlim oluvchilar uchun adolatli va qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratilganini tahlil qiladi;

(VI) akkreditatsiyaga oid axborot tizimlarida maʼlumotlar almashish samaradorligini oshirish uchun davlat organlarining tegishli platformalari bilan integratsiya jarayonlarini yo‘lga qo‘yadi;

(VII) filialni tashqi baholash jarayonlariga «xavfni tahlil qilish» tizimini joriy qiladi;

(b) filialda taʼlim sifati madaniyatini shakllantirish, ichki sifat nazorati mezonlari va tartiblarini takomillashtirish hamda samarali amalga oshirish yuzasidan uslubiy tavsiyalar berish bo‘yicha:

(I) sifat madaniyatini shakllantirish va taʼlim sifatini taʼminlash bo‘yicha filialga uslubiy jihatdan ko‘maklashadi;

(II) xalqaro tajribalar asosida ichki sifatni taʼminlashga oid mezonlar, indikator va qo‘llanmalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

(III) taʼlim va ilm-fanda korrupsiya holatlarining oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;

(IV) taʼlim sifatini taʼminlashga oid seminarlar, konferensiyalar, kurslar tashkil etadi hamda maslahat xizmatlarini ko‘rsatadi;

(V) maxsus va kompleks davlat akkreditatsiyasiga jalb qilingan ekspertlar malakasini oshirib, ular faoliyatini doimiy nazorat qilib boradi;

(v) taʼlim sifatini baholashning mezon va usullarini xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda ishlab chiqish hamda takomillashtirish bo‘yicha:

(I) ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganadi va ular asosida milliy taʼlim sifatini baholashning mezon va usullarini ishlab chiqadi hamda takomillashtirib boradi;

(II) taʼlim sifatini baholash mezonlari va usullarini yangilab borish bo‘yicha mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qiladi;

(III) milliy malaka tizimiga mos ravishda akkreditatsiya mezonlarini takomillashtirib boradi;

(IV) davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan taʼlim tashkilotlari va dasturlari reyestrini yuritadi;

(g) filialda taʼlim sifatini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini o‘rganish yuzasidan ilmiy va amaliy tadqiqotlarni olib borish hamda so‘rovnomalar o‘tkazish bo‘yicha:

(I) filialda taʼlim sifatini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini o‘rganish yuzasidan sotsiologik va boshqa so‘rovnomalar o‘tkazadi;

(II) taʼlim sohasida islohotlarni sifatli amalga oshirishda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga har tomonlama ko‘maklashish, xalqaro tashkilotlar, konsalting kompaniyalar va xorijiy mutaxassislarning tavsiyalarini tahlil qilish va umumlashtirish, tashabbuslarning samarali implementatsiyasini taʼminlashga ko‘maklashadi;

(d) taʼlim sifatini taʼminlash yo‘nalishida xalqaro aloqalarni kengaytirish, taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tashkilotlarga aʼzo bo‘lish hamda milliy akkreditatsiya tizimining xalqaro darajada tan olinishini taʼminlash bo‘yicha:

(I) respublikada tan olinadigan xalqaro, xorijiy va nodavlat akkreditatsiya tashkilotlariga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi va ularning reyestrini yuritadi;

(II) taʼlim sifatini taʼminlash bo‘yicha xalqaro tashkilotlarga aʼzo bo‘lish va ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘radi;

(III) respublika taʼlim tashkilotlariga ularning xalqaro darajada eʼtirof etilishi uchun uslubiy va amaliy tavsiyalar beradi;

(IV) milliy akkreditatsiya tizimining xalqaro darajada tan olinishini taʼminlash choralarini ko‘radi;

(I) taʼlim sifatini baholash bo‘yicha faoliyatning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash maqsadida jamoatchilik va manfaatdor tomonlar ishtirokida yillik hisobotlarni eʼlon qilib borish bo‘yicha:

(I) taʼlim sifati va akkreditatsiya bilan bog‘liq jarayonlarni raqamlashtirish choralarini ko‘radi;

(II) filial bitiruvchilarining bilim va ko‘nikmalarini baholash hamda ularning mehnat bozoriga integratsiyasini o‘rganish maqsadida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazadi;

(III) filial talabalarining taʼlim sifati bo‘yicha fikrlarini o‘rganishga qaratilgan Umummilliy talabalar so‘rovnomasini, shuningdek, jamoatchilikning taʼlim sifati bo‘yicha fikrlarini o‘rganishga qaratilgan so‘rovnomalar o‘tkazadi;

(IV) taʼlim sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikda taʼlim tizimi faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ochiqlikni taʼminlash hamda korporativ boshqaruv usullarini qo‘llash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;

(z) taʼlim sohasidagi davlat dasturlari va strategiyalarida belgilangan maqsadli ko‘rsatkich va natijalarga erishilishini tahlil qilish hamda tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha:

(I) filialdagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikda jamoatchilik, yetakchi xorijiy ekspertlar, konsultantlar va maslahatchilarni keng jalb qilgan holda tizimdagi eng dolzarb masalalar va muammolarga yechim topish choralarini ko‘radi;

(II) oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, malakalarni baholash sohalaridagi barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini o‘rganib, o‘z taklif va eʼtirozlarini bildiradi;

(III) filialdagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikda taʼlim xizmatlari isteʼmolchilari, ilmiy-pedagogik jamoatchilik hamda davlat organlari va tashkilotlarining takliflari asosida taʼlim sohasiga oid istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqadi;

(I) filial va ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va istiqbolli tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha:

(I) taʼlim va ilmiy sohada amaldagi qonunchilikni tizimli o‘rganadi, tahlil qiladi va uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

(II) filialda ishlab chiqilgan qonunchilik hujjatlarini xalqaro tajriba va standartlar asosida tahlil qiladi.

Filial o‘ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni qonuniylik, xolislik, hisobdorlik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida amalga oshiradi.

Professorlar
0
Dosentlar
0
O'qituvchilar
0
Talabalar
0

Ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i