You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi  Termiz filiali  talaba qizlari diqqatiga

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talaba qizlari diqqatiga

    Yaqinlashib kelayotgan “Navro‘z” ayyomi munosabati bilan joriy yilning 10-mart kuni  “ Balli qizlar ” bellashuvi bo’lib o’tadi.

    Bellashuvda har bir qiz o’zining mahoratini, pazandaligini, suhandonligini, kitobxonligini ko’rsatishadi.

   Akademiya tomonidan berilgan shartlar:

1️⃣.Tanishtiruv
( har bir qiz o’zini ajoyib uslubga yondoshgan holda tanishtiradi).

2️⃣. Badiiy qism.
( Qizlar o’zining ixtiyoriy mahoratini ko’rsatishadi).

3️⃣. Pazanda qo’llar. Ikki qismdan iborat bo’ladi.
1) Sabzi to’g’rash
2) Salat tayyorlash
   ( Qizlarimiz o’zlarining kelinlikka tayyorgarlik mahoratini ko’rsatishadi).

G’olib bo’lgan ishtirokchi sertifikat va sovg’alar bilan taqdirlanadi.

Filialning barcha talaba qizlarini konkursga taklif etamiz.

Ishtirok etmoqchi bo’lgan qizlar: +998-91-903-02-03 raqamga murojaat qilishlari mumkin.