Bugun TTATF da 3-mart – «Jahon yozuvchilari kuni» munosabati bilan Viloyat matbuot bo’limi xodimi «Hurayda» gazetasi bosh muharriri, shoir va publisist – Norto’ra Ergashev bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Unda Davolash 1 fakulteti tyutori T. Jiyanov, Davolash 2 fakulteti tyutori P. Qilichev, Pediatriya fakulteti tyutori I. Kattayev hamda talaba – yoshlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida yozuvchi Norto’ra Ergashev filial talabalariga jahondagi eng sara jurnal va gazetalar hamda yozuvchilar haqida ma’lumot berib o’tdi.
Shuningdek, kitob inson kamolotining cho’qqisi ekanligini, doimo kitoblarni o’qishni, bugungi chop etilayotgan gazeta jurnallarni ham muntazam kuzatib borish kerakligini haqida aytib o’tdi.
Suhbat davomida talabalarni qiziqtirgan «Zulfiyaxonim» va «Mard o’g’lon» mukofoti borasida ham ma’lumot berib o’tdi.