You are currently viewing Ayolga ehtirom!

Ayolga ehtirom!

    Yurtimizda yasharish – yangilanish fasli bahor bayramlar bilan boshlanadi. Bahorning ilk bayrami «8-Mart Xalqaro xotin-qizlar kuni» mamlakatimizda har yili munosib nishonlanadi.

   Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan.

   Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining barcha ayollari bayramona kayfiyat bilan munosib tarzda kutib olindi.

   Shuningdek, oliy ta’lim vazirligi tomonidan 8- mart Xalqaro xotin – qizlar kuni munosabati bilan zoom orqali tabrik yo‘llandi.

   Bu esa filial xotin – qizlariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz ayollar!