Yoshlarimizni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali tyutor va talaba – yoshlari Buxoro-Samarqand shaharlariga sayohatga borishdi.
Sayohatchilar dastlab Buxoro Arki, Imom Al-Buxoriy majmuasida bo‘lishdi.
Ulug‘bek rasadxonasi, Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi, shohi Zinda ansambli, Go‘ri Amir maqbarasi, Bibixonim masjidi, Registon maydoni va shahardagi zamonaviy inshootlar, Samarqandning ko‘xna obidalari, qolaversa, keng va ravon ko‘chalari, xiyobonlar va boshqa zamonaviy inshootlar har bir sayohatchini o‘ziga maftun etdi.
Bu kabi sayohatlar talabalarimizga ulkan ruhiy, ma’naviy kuch bag‘ishlab, yangi marralarni egallashga rag‘bat uyg‘otishi bilan ahamiyatlidir.