Viloyatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Termiz shahrida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahorgi daraxt va gul ko‘chatlari ekish tadbirlari qizg‘in davom etmoqda.
Bugun “Tinchlik” mahallasidagi shimoliy suv inshooti hududida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali jamoasi va talaba yoshlari tomonidan 1500 tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari hamda 1500 tup daraxt qalamchalari ekildi. Ushbu tadbirga shahar hokimligi vakillari ham faol qatnashib o‘z hissalarini qo‘shishdi.
Aksiya doirasida ko‘chat o‘tqazish ishlari davom etmoqda