Viloyatimizning barcha hududlarida milliy qadriyat, an’ana va urf-odatlarimizni o’zida aks ettirgan,yangilanish va yasharish ayyomi – Navro’z umumxalq bayrami keng nishonlanmoqda.
Bu yilgi asosiy Navro’z sayllari Termiz shahridagi »San’at Saroyi” hududida bo’lib o’tmoqda. Bog’ hududida shahar va tumanlarning ramziy qo’rg’onlari bunyod etilib, unda har bir hududning o’ziga xos milliy taomlari, xalq hunarmandchiligi va amaliy san’ati, folklor jamoalarining rang-barang dasturlari namoyish etilmoqda.