You are currently viewing TIBBIY KO‘RIK  TAVSILOTI

TIBBIY KO‘RIK TAVSILOTI

   “Inson qadri uchun” tamoyili mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning bosh maqsadiga aylangan.

   Jumladan, tibbiyot sohasini isloh qilish orqali aholi salomatligini tiklash, kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolash ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda joylarda chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rik o’tkazilib, profilaktik-sog’lomlashtirish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

   Jarqo’rg’on tumanidagi 30-oilaviy poliklinikada Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining klinik kafedralari shifokorlari tomonidan tibbiy ko’rik o’tkazilib, terapevt, endokrinolog, urolog, terapevt, kardiolog, xirurg, travmatolog- ortoped, akusher-ginekolog, pediatr, nevropatolog , oftalmolog, infeksionist, onkolog kabi mutaxassislar 100 dan ortiq bemorlarni tekshiruvdan o’tkazishdi.