Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida oʼtkazilayotgan “Bahorgi tijoratlashtirish forumi”da Surxondaryo viloyatida oʼsuvchi oʼsimliklardan efir moylarini ajratib olish va amaliyotda qoʼllash loyihasi ham taqdimot qilindi.
Taqdimotda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali kafedra mudiri olim Faxriddin Umarov loyihaning mazmun-mohiyati haqida atroflicha tushuncha berarkan, maqsadi – viloyatda oʼsuvchi efir moyli oʼsimliklar tarkibini oʼrganish, ulardan efir moylarini ajratib olishning samarali usullarini ishlab chiqish va olingan mahsulotlarni amaliyotga tatbiq etish ekanligini taʼkidladi.
Loyiha qiymati 400 mln soʼm boʼlib, 2023-2024-yillar davomida amalga oshiriladi. Dorivor oʼsimliklardan ajratib olinadigan tabiiy efir moylari dori vositalari, oziq-ovqat va parfyumeriya mahsulotlari ishlab chiqarishda keng qoʼllaniladi.