You are currently viewing Bugun, 25-mart kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida konstitutsion islohotlar va  ahamiyatini targ‘ib etishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bugun, 25-mart kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida konstitutsion islohotlar va ahamiyatini targ‘ib etishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

   Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik palatasi deputati Mardayev Botir Xurramovich hamda xalq deputatlari viloyat kengashi kotibiyati mudiri Abduraimov Saydullo Berdishukurovichning fikr-mulohazalari tinglandi.

    Taʼkidlanganidek, yangilanayotgan Konstitutsiya O‘zbekiston jamiyatining evolyusion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo‘lib, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g‘oyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadamdir. Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgarishlar, mazmuni va ahamiyati haqida so‘z borarkan, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash davlatning oliy maqsadi ekanligi bois unda inson huquqlariga oid normalar 3 baravardan ortiqqa oshirmoqda.