You are currently viewing Termiz shahridagi Arxeologik muzeyga sayohat uyushtirildi.

Termiz shahridagi Arxeologik muzeyga sayohat uyushtirildi.

   Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini hayotlariga tatbiq etilishida ko‘maklashish maqsadida tyutorlar tomonidan Arxeologik muzeyga sayohat uyushtirildi.

   Talabalarimiz muzeyda tosh hovuz, haykallar, kulolchilik buyumlari kabi sopol idishlar hamda mintaqa tarixidagi turli davrlarga oid 20 ta arxeologik yodgorliklarni, noyob buyumlarni ko‘rib qaytdi.

   Sayohat davomida talabalar madaniy xordiq chiqarib qaytishdi.