Ma’lumki, yurtimizda “Salomatlik sayllari”ni o‘tkazish ishlari olib borilmoqda. Shu maqsad bilan Respublikamizning nufuzli tibbiyot institutlari va ilmiy-amaliy markazlaridan kelgan tajribali shifokorlari bilan birga TTA Termiz filiali klinik kafedralari professor-o‘qituvchilari ham viloyatda tashkil etilgan tibbiy ko‘rikda faol ishtirok etishmoqda.
Sayl davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj, surunkali kasalligi bor bemorlarni hududlarning o‘zida belgilangan tartibda yuqori texnologik muolajalar o‘tkazildi. Xonadonlarda yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi omillarini aniqlash, aholi orasida ommaviy va shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish bo‘yicha aholi vakillari bilan suhbatlar o‘tkazildi.
Shuningdek, aholi orasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish kabi amaliy ishlar olib borildi.