“Zakovat intellektual klubi” NNT Surxondaryo viloyati “Zakovat” klubi bilan hamkorlikda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining barcha bosqich talabalari oʻrtasida jamoaviy o‘yinlarga asoslangan va 10 turga moʻljallangan “Zakovat” oʻyinlari boshlanish arafasida…
Ushbu oʻyinlar haftaning har juma kuni soat 15:45 dan boshlab “Axborot-resurs markazi” binosida oʻtkaziladi. Unda ishtirok etish uchun 6 kishidan iborat jamoa tuzib kelishingiz kerak boʻladi.
Murojaat uchun: +998930789393
Savollar soni: 20 ta
Boshlovchi: Salohiddin Odilov
Jamoa tarkibida filialda tahsil olayotgan istalgan kurs talabalari va oliygohning bir nafar xodimi(oʻqituvchi, tyutor va hokazo)ni jalb qilishingiz mumkin.
Musobaqa yakunida dastlabki uchta oʻrinni egallagan jamoalar rahbariyat tomonidan quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan ragʻbatlantiriladi.
- 1-o‘rin – 9 million so‘m;
- 2-o‘rin – 6 million so‘m;
- 3-o‘rin – 3 million so‘m.