You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professor-o’qituvchilari Surxondaryo viloyati Uzun tumanida yashovchi fuqarolarni tibbiy ko’rikdan o’tkazishdi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professor-o’qituvchilari Surxondaryo viloyati Uzun tumanida yashovchi fuqarolarni tibbiy ko’rikdan o’tkazishdi

   Salomatlik sayllari haftaligi davomida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professor-o’qituvchilari tomonidan aholining sog’lom turmush tarzini qo’llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish maqsadida Surxondaryo viloyati Uzun tumanida yashovchi fuqarolar tibbiy ko’rikdan o’tkazildi.

   Shuningdek, salomatlik maydonlari, sog’lom ovqatlanish yarmarkalari orqali ham aholiga maslahat berildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, surunkali kasalligi bor bemorlarni hududlarning o‘zida belgilangan tartibda yuqori texnologik muolajalar o‘tkazildi.

   Bundan tashqari, oqilona ovqatlanish, jismoniy faollik, o’z vaqtida hordiq chiqarish, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya etish, zararli odatlardan o’zini tiyish unumli mehnat qilish, inson salomatligini yaxshilashi va muhofaza qilishning muhim omillaridan sanaladi.