Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professor-o’qituvchilari tomonidan aholining sog’lom turmush tarzini qo’llab-quvvatlash maqsadida Surxondaryo viloyati Denov hamda Sariosiyo tumanida yashovchi fuqarolar tibbiy ko’rikdan o’tkazildi.
Unda bemorlarning har biriga individual nazorat rejasi tuzulib, sog’lomlashtirish, davolash va reablitatsiya jarayonlarini olib borildi. Hamda aholi jismoniy holati va salomatligini o’rganish, sog’lom turmush tarzini shakllantirish borasida individual maslahatlar berildi.
Shuningdek, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, kasalliklarni erta aniqlash va davolashning ilg’or tajribasini joriy etish, tibbiyot muassasalari sharoitini yaxshilashga doir ishlar o’tkazildi.