Ma’lumki, kutubxona – bosma va ayrim qoʻlyozma asrlardan ommaviy foydalanishni taʼminlovchi madaniy- maʼrifiy va ilmiy muassasa hisoblanib, unda muntazam ravishda bosma asarlarni toʻplash, saqlash, targʻib qilish va kitobxonlarga yetkazish, shuningdek, axborot bibliografik ishlar olib boriladi.
Yaxshi kitobni chiroyli kutubxonada o‘qish — bu, albatta, ideal uyg‘unlik. Shu sababli, bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabalarining bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish uchun Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markaziga olib borishdi.
Bu esa talaba-yoshlarning kitobga bo’lgan qiziqishlarini oshirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega.