ABITURIYENTLAR UCHUN MA’LUMOT
Hurmatli abituriyentlar!
2022 yil 20 iyun kuni 2022/2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
Bunda,
– Abituriyent telefon raqami avtorizasiyadan o‘tkaziladi;
– Pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlar kiritiladi;
– Imtiyozlar mavjud bo‘lsa hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat m’lumotlari kiritiladi.
Ta’lim yo‘nalishlarini esa 2022/2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari belgilanib, tillar kesimida tasdiqlanganidan so‘ng tanlash mumkin bo‘ladi.
Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.
Ro‘yxatga olish 20 iyulga qadar davom etadi va abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin bo‘ladi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida 2022/2023 o‘quv yili uchun on-layn va oflayn ma’lumotlar olish mumkin.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida 2022/2023 o‘quv yili uchun mas’ul shaxs Raxmonov Abduqaxxor Abdusattorovich.
Murojat uchun: tel. 99-447-07-03
Ishchi tel. raqam 1.95-501-62-21
2.95-502-62-21
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali
Qabul komissiyasi