Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali psixologi G. G‘oziyeva hamda filial profilaktika inspektori leytenant M. Kamariddinov Ali Abu Ibn Sino nomidagi jamoatchilik texnikumida bo‘lishdi.
Unda bolalar xuquqlari xamda pedagog xodimlarning lavozim majburiyatlari, oʻquvchilarga nisbatan xar qanday koʻrinishda jismoniy va ruhiy zoʻrovonlikni oldini olish maqsadida tushuntirish ishlari olib bordilar.
Shuningdek, “Yosh psixologlar” guruhi volontyorlari “Mening ajoyib hislatlarim” mavzusida treninglar oʻtkazishdi.
Trening davomida zoʻrovonlikga uchragan oʻquvchilarni aniqlash boʻyicha savolnoma o‘tkazildi. Savolnoma natijasi taʼlim muassasasi rahbariyatiga taqdim etildi.