O‘zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining 2017-yil 30-iyun kuni bo‘lib o‘tgan IV qurultoyi qaroriga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2001-yil 25-aprel kunidan o‘z faoliyatini yuritgan «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati «O‘zbekiston yoshlar ittifoqi» etib qayta tashkil etildi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali huzuridagi O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti 2018-yil fevraldagi 01-sonli boshlang‘ich tashkilotning ta’sis yig‘ilishida tashkil etilgan va 2017-yil 4-oktyabrda O‘zbekiston yoshlar Ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2017-yil 2-oktyabrdagi 01-04/2-sonli qaroriga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgan. Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali huzuridagi O‘zbekiston yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining yuqoridagi hujjatlari asosida 14/192/004-sonli guvohnoma berildi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida birlamchi oraginzatsiya yetakchisi sifatida ishlagan shaxslar:
2018-2020 yillar Raxmonov Abduqaxxor Absattorovich;
2020-2021 yillar Yuldashov Murod;
2020-2021 yillar To‘raqulov Abdurasul Abdug‘ani o‘g‘li;
2021-yil 30-oktyabrdan Boboyorov Sardor uchqun o‘g‘li 2019-yildan hozirgi kunga qadar O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialidagi boshlang‘ich tashkiloti Yoshlar yetakchisi sifatida 1-son davolash fakulteti 6-bosqich talabasi Boboyorov Sardor Uchqun o‘g‘li faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, yoshlarni tashqi tahdidlar va “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan muhofaza qilish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko‘maklashish va shart-sharoitlarni yaratish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan ittifoq tashkiliy-huquqiy shaklida tuzilgan, O‘zbekiston yoshlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir.
Ittifoqning asosiy maqsadi yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat.
Hozirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialidagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi – filial rektorining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida 1-son davolash fakulteti 6-bosqich talabasi Boboyorov S.U. ishlamoqda.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialidagi boshlang‘ich tashkiloti o‘z tarkibida 3000 dan ortiq talabalarni birlashtirgan holda quyidagi 10 yo‘nalish bo‘yicha faoliyat yuritib kelmoqda:
Intellektual loyihalar
5 ta tashabbus bo‘yicha loyihalar
Biznes va innovatsion loyihalar
Harbiy-vatanparvarlik loyihalari
«Yoshlar daftari» va metsenatlik dasturlari loyihalari
Talaba-qizlarning loyihalari